Monopol korxonalar olgan 3,6 mlrd so`mdan ortiq asossiz daromad iste`molchilar foydasiga qayta hisob qilindi

Jamiyat 16.05.2022, 17:09
Monopol korxonalar olgan 3,6 mlrd so`mdan ortiq asossiz daromad iste`molchilar foydasiga qayta hisob qilindi

Bu haqda AOKAda Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

Joriy yilning birinchi choragida insofsiz raqobatga yo`l qo`yilmasligi bo`yicha 66 ta murojaat o`rganib chiqildi, natijada  10ta holatda insofsiz raqobatga yo`l qo`yilganligi aniqlanib, belgilangan tartibda ish qo`zg`atilgan va qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bo`yicha ko`rsatmalar berilgan.

Bundan tashqari, til biriktirishlar va kartel kelishuvlar bo`yicha jami 4 ta holat o`rganib chiqilgan. Jumladan tanlov savdolarida til biriktirishlarga yo`l qo`yilganligi, shuningdek metan gaz quyish shaxobchalari, avtomaktablar tomonidan ko`rsatilayotgan xizmatlarning narxlarni sun`iy tarzda oshirganlik holatlari bo`yicha yakuniy qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.  

 

▪️Batafsil

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1