1

Jizzaxda maktab o`quvchi qizlari hijobli qizni samosud qilishgani bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi

Jamiyat 18.05.2022, 13:45
Jizzaxda maktab o`quvchi qizlari hijobli qizni samosud qilishgani bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarlarda “Jizzaxda maktabda o`qiydigan qizlar bitta hijobli qizni samosud qilishdi” sarlavhali videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi.    

Ma`lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan o`tkazilgan surishtiruv ishlari davomida Jizzax shahri Bog`ishamol mahallasida yashovchi, Jizzax shahridagi o`rta umumta`lim maktabi o`quvchisi M.N. ijtimoiy tarmoqda Sharof Rashidov tumani Istiqlol mahallasida yashovchi M.A. bilan muloqotga kirishadi.  

O`zaro yozishmalar chog`ida ular o`rtasida kelishmovchilik yuzaga keladi. Shundan so`ng M.N. va M.A. Jizzax shahridagi o`quv markazida uchrashib, janjallashishgan. Ushbu hodisaning tasvirlari ijtimoiy tarmoqda tarqalib ketgan.  

Holat yuzasidan Jizzax shahar IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1