1

Chirchiqda maktab o`quvchilari 58 yoshli erkakni besabab kaltakladi

Jamiyat 24.05.2022, 00:34
Chirchiqda maktab o`quvchilari 58 yoshli erkakni besabab kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida ikki nafar maktab yoshidagi bola 50-60 yosh orasidagi erkak kishini haqorat qilib, urganligi aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi. 

Ma`lum qilinishicha, mazkur holat  21 may (shanba) kuni soat taxminan 17:30larda sodir bo`lgan. N.L va E.A. jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, odob-axloq nomalariga zid ravishda Chirchiq shahar 4-kichik nohiya hududida 58 yoshli R.A. ni hech bir sababsiz urib, bezorilik sodir etishgan. 

O`z navbatida voyaga etmagan 2008 yilda tug`ilgan A.N. (7-sinf o`quvchisi) mazkur jarayonni uyali aloqa vositasida videotasvirga olgan. Keyinchalik videolavha ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan.

Hozirda holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1