AsosiyJamiyat

Qo`shiqchi Sanjay shoir Usmon Azim uchun 4,5 mln. so`m tanga yig`di

'Qo`shiqchi Sanjay shoir Usmon Azim uchun 4,5 mln. so`m tanga yig`di'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda qo`shiqchi Sanjay shoir Usmon Azimga tanga yig`ayotgani aks etgan video tarqalmoqda

"Zamon" nashrining yozishicha, Sanjay “Karvon” qo`shig`i she`ri uchun shoir Usmon Azimga to`lashi kerak bo`lgan 100 mln so`m mablag`ni 1,5 tonna tanga bilan to`lamoqchi ekanligini aytmoqda.

"Tangalar yig`ilyapti, shoirga - Usmon Azimga 100 mln "shtraf" to`lab berishim kerak. 4,5 mlni yig`ildi", - degan u.

Eslatib o`tamiz, Sanjar Djavberdiev (Sanjay) ismli shaxs xalqimiz orasida mashhur bo`lgan “Karvon” nomli she`rni O`zbekiston xalq shoiri Usmon Azimovning roziligisiz va hech bir kelishuvsiz ijro etgandi.

Shunga ko`ra, Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga ariza berilgandi. Agentlik Sanjayga nisbatan mualliflik huquqini buzish bo`yicha ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirib, Jinoyat ishlari bo`yicha Navoiy shahar sudiga yuborgan.

Sanjay Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining xabar berishicha, 2021 yilning 29 iyunida agentlikka O`zbekiston Respublikasi Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyatining mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini himoya qilishda amaliy yordam ko`rsatish to`g`risidagi murojaati kelib tushgan.

Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro S.Djavberdiev tomonidan O`zbekiston Respublikasi xalq artisti Sherali Jo`raev qalamiga mansub “Gulbadan” hamda “Atirgulim, atringni soch” nomli she`riy asarlardan huquq egasining ruxsatisiz, noqonuniy tarzda foydalanganligi bo`yicha chora ko`rish so`ralgan.

Agentlik tomonidan olib borilgan o`rganishlar natijasida murojaatda keltirilgan holatlar o`z tasdig`ini topgan.

Ta`kidlanishicha, agentlik tomonidan fuqaro S.Djavberdievga nisbatan holat yuzasidan Ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi bayonnoma tuzilib, ma`muriy javobgarlik masalasi ko`rib chiqish uchun tegishli sudga yuborilgan.

Avvalroq shoirning advokatlari Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga ariza bergani haqida xabar berilgandi.

Boshqa yangiliklar