AsosiyJamiyat

Qonunchilik hujjatlariga "xotin-qizlarni ta`qib etish" tushunchasi kiritiladi

'Qonunchilik hujjatlariga "xotin-qizlarni ta`qib etish" tushunchasi kiritiladi'ning rasmi

Bu bo`yicha qonun loyihasi ishlab chiqilib, vazirlik va idoralarga kelishish uchun yuborildi. Hozirgi kunda vazirlik va idoralardan mazkur loyiha yuzasidan takliflar olinmoqda. Bu haqda AOKAda Oila va xotin-qizlar davlat qo`mitasi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

Mazkur hujjat bilan, shuningdek:

● tazyiq va zo`ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi order sud tomonidan bir yil muddatgacha berilishini belgilash;

● ayolni o`z homilasini sun`iy ravishda tushirishga majburlaganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish;

● yaqin qarindoshi bo`lgan xotin-qizga qasddan tan jarohati etkazganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish;

● shaxs hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi, sha`ni va nomusini kamsituvchi ma`lumotlarni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash kabi qator normalarni kiritish ko`zda tutilmoqda.

Adliya vazirligi tomonidan 2021 yilda «Gender-madad» elektron huquqiy maslahatchi platformasi ishlab chiqildi. Ushbu platformaga xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan turli mavzularga oid ma`lumotlar bazasi joylashtirildi. Mavzular quydagilardan iborat: Ayollar huquqiy himoyasi; Gender tenglik; Ayollarga imtiyozlar; Oilaviy munosabatlar; Oilaviy zo`ravonlik; Xalqaro tashkilotlar Gender tengligiga erishish strategiyasi. Bundan tashqari, platforma orqali gender masalalar bo`yicha huquqiy borada maslahatni onlayn chat orqali olish tizimi yo`lga qo`yildi.

«Xotin-qizlar huquqlari bo`yicha dolzarb ikki oy» doirasida tashkil etilgan sayyor qabullarda jami 1400 dan ziyod xotin-qizlarning muammolari eshitildi.  

 

    Boshqa yangiliklar