AsosiyJamiyat

Yoshlar ishlari agentligi xodimi "norkaman"likda gumonlanib qamoqqa olindimi?

'Yoshlar ishlari agentligi xodimi "norkaman"likda gumonlanib qamoqqa olindimi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tuman bo`limi bosh mutaxassisi og`ir jinoyat sodir etganlikda gumonlanib qamoqqa olindi” degan xabarlar tarqalgan edi.

Xabarlarda Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani bo`limi bosh mutaxassisi A. U. Sh. o`g`li o`zining uchta sherigi bilan giyohvandlik moddasi sotib olishini aytib A.Tga murojaat qilgan, A.T. giyohvandlik moddani olib kelgach, undan tortib olib yana 300 AQSh dollari talab qilgani aytilgan. Tarqalgan xabarlarga ko`ra, u O`zbekiston Respublikasi JPKning 227-moddasi tartibida ushlanib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Yoshlar ishlari agentligi Axborot va Media xizmati mazkur xabarlarga oydinlik kiritdi.

Ta`kidlanishicha, haqiqatdan ham postda ismi tilga olingan xodim A. U. Sh. O`g`li Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani bo`limi bosh mutaxassisi sifatida faoliyat olib borgan. Lekin, yurish turishidagi o`zgarishlar va ishga surunkali kech qolishi sababli joriy yilining 21 iyun sanasida (postda aytilgan holat yuz berishidan avval)tuman bo`limida xodimlar ishtirokida kasaba uyushmasini muhokama yig`ilish bayoni hamda tashkilotning tuman bo`limi rahbari buyrug`iga asosan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.  

 

    Boshqa yangiliklar