Farg`ona viloyat adliya boshqarmasiga Rossiyaning Sank-Peterburg shahrida joylashgan "NEVSKIY KONDITER" korxonasi tomonidan ularga tegishli bo`lgan savdo belgisi ostida ishlab chiqariladigan shirinlik mahsulotiga o`xshash “shokolad” mahsulotlarini Farg`onada joylashgan "N.D" MChJ tomonidan shartnoma tuzmasdan foydalanilayotganlik holati yuzasidan tegishli chora ko`rishni so`rab murojaat qilingan.
Ma`lumot uchun:, "NEVSKIY KONDITER" savdo belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan “shokolad” tovar belgisi uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining 30-sinfiga muvofiq "NEVSKIY KONDITER" MChJ huquq egasi hisoblanadi.
Holat yuzasidan Farg`ona viloyatida joylashgan "N.D" MChJ rahbari "A.L" iste`molchilarni chalg`itishga olib kelishi mumkin bo`lgan kontrafakt “shokolad” mahsulotlarini ishlab chiqarganlik fakti tasdiqlanib, unga nisbatan MJtK ning 177-moddasi bilan ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo`yicha tuman sudiga yuborilgan.
Sud MChJ rahbari "A.L" O`zbekiston Respublikasi MJtKning 177-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topib, huquqbuzarga nisbatan ma`muriy jarima jazosi tayinlandi.
Adliya vazirli tadbirkorlardan o`z brendlarini yaratishni yoki o`zgalar tovar belgisidan shartnoma asosida foydalanishlarini so`ramoqda.