Ushbu savolga javobni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentyabrdagi PQ- 4447-son qarori bilan tasdiqlangan "O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o`tash tartibi to`g`risida"gi nizomning 86-bandidan topish mumkin.
Unga muvofiq:
- ️harbiy xizmatchining kontrakt muddati tugamasdan harbiy xizmatdan bo`shashi sababli harbiy qism shaxsiy tarkibi ro`yxatidan o`chirilgan kundan boshlab;
- ️harbiy xizmatchining halok bo`lishi (vafoti), bedarak yo`qolgan deb tan olingan yoki vafot etgan deb elon qilingani sababli harbiy qism shaxsiy tarkibi ro`yxatidan o`chirilgan (chiqarilgan) kundan boshlab;
- ️kontrakt muddati tugaganligi munosabati bilan, O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi va mazkur Nizomda belgilangan holatlar bundan mustasno;
- ️mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollarda harbiy xizmatchi bilan yangi kontrakt tuzilgan kundan boshlab.






