AsosiyJamiyat

Xususiy bandlik agentliklaridan xorijda ishlovchi fuqarolarning zaxiralangan mablag` miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining 8500 baravarga etkazish so`ralmoqda

'Xususiy bandlik agentliklaridan xorijda ishlovchi fuqarolarning zaxiralangan mablag` miqdorini  bazaviy hisoblash miqdorining 8500 baravarga etkazish so`ralmoqda'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xususiy bandlik agentliklari diqqatiga muhim ma`lumot bilan chiqdi. 

Qayd etilishicha, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 maydagi “Ish haqi miqdorini oshirish to`g`risida” PF-138-son Farmoniga ko`ra 2022 yil 1 iyundan boshlab O`zbekiston Respublikasi hududida bazaviy hisoblash miqdori oyiga 300 000 so`m etib belgilandi.

“Yuqoridagilarni inobatga olib, O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini qo`llab-quvvatlash hamda himoya qilish jamg`armasiga zaxiralangan mablag` miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining 8500 baravarga etkazishingiz, o`z o`rnida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini xabardor qilishingiz so`raladi”, - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar