Uzbekistan Airways 2022 yil 15 iyuldan boshlab Toshkent – Seul – Toshkent yo`nalishi bo`yicha aviachiptalarni xarid qilishda amaldagi jadval bo`yicha aviaqatnovlar uchun yuk tashish me`yori oshirilishini ma`lum qildi.
Ta`kidlanishicha, endi yo`lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida faqat ekonom-klass uchun bagaj miqdori, aviachiptada ko`rsatilgan me`yordan qat`iy nazar hech qanday qo`shimcha to`lovsiz oshiriladi:
Y- va B- tariflari har biri 23 kg/158 sm gacha bo`lgan 2 ta bagajga oshiriladi.
Guruh bo`lib olingan tarifda, shuningdek, biznes-klass tariflarida yuk tashish me`yorlari o`zgarishsiz qolmoqda.






