Maktabgacha ta`lim vazirligi bog`chalarni kondisioner bilan ta`minlash so`rovlariga izoh berdi.
Ma`lum qilinishicha, davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining sog`lig`iga jiddiy zarar etkazmaslik maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi «Maktabgacha ta`lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to`g`risida»gi 802-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta`lim tashkilotlarini o`yinlar to`plamlari, o`yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash me`yorlari berilgan ammo guruh xonalarini kondisioner o`rnatish yoki boshqa sovutish tizimi bilan ta`minlash ko`zda tutilmagan.
Shunga ko`ra, vazirlik tomonidan markazlashgan mablag`lar hisobidan Davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari uchun kondisioner va yuqorida keltirilgan qarorda ko`rsatilmagan boshqa jihozlarni xarid qilish imkoni mavjud emas.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Davlat maktabgacha ta`lim tashkiloti uchun kondisioner mahalliy yoki homiylik mablag`lari hisobidan xarid qilish mumkin.






