Deputatlar O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investisiyalar va tashqi iqtisodiy masalalari bo`yicha o`rinbosari - Investisiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga Jamshid Xodjaev nomzodini ko`rib chiqdilar va ma`qulladilar.
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi a`zolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan ko`rib chiqiladi.
Avvalroq, shu paytga qadar ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Sardor Uktamovich Umurzakov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbari lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgan edi.






