AsosiyJamiyat

Qozog`istondagi avtohalokatda o`zbekistonliklarning halok bo`lgani rad etildi

'Qozog`istondagi avtohalokatda o`zbekistonliklarning halok bo`lgani rad etildi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, bugun Qozog`iston Respublikasi Karaganda oblasti Shetskiy tumanida MAN yuk mashinasi va “Mercedes-Benz Sprinter” yo`lovchi mikroavtobusi to`qnashishi oqibatida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan edi.

FVVning qo`shimcha ma`lumotiga ko`ra,  “Mercedes-Benz Sprinter” mikroavtobus salonida bo`lgan 18 nafar yo`lovchilardan 8 nafari Qozog`iston fuqarolari voqea joyida vafot etgan, xalok bo`lgan fuqarolarning shaxsiga aniqliklar kiritilganida ular orasida O`zbekiston fuqarolari yo`q ekanligi aniqlandi.

Shuningdek, 10 nafari turli darajalarda tan jarohati olgan, ularning 5 nafari O`zbekiston fuqarolari bo`lib, ayni vaqtda ularga Aksu-Ayuli qishloq kasalxonasida malakali tibbiy xizmat ko`rsatilmoqda. Ulardan 1 nafariga ambulator davolanish uchun ruxsat berilgan.

Avvalgi berilgan birlamchi shoshilinch xabarda 2 nafar O`zbekiston fuqarosi xalok bo`lganligi aytilgan edi. Qozog`iston mas`ul xizmatlari tomonidan mukammal o`rganilib, fuqarolarning shaxsiga aniqliklar kiritilganda xalok bo`lganlar orasida O`zbekiston fuqarolari yo`qligi ma`lum bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar