AsosiyJamiyat

Qashqadaryo viloyatining hokimi fermerlarga murojaat yo`lladi

'Qashqadaryo viloyatining hokimi fermerlarga murojaat yo`lladi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov fermerlarga murojaat yo`lladi. 

Uning ta`kidlashicha, viloyat g`allakorlari tomonidan bugungacha davlatga 370 ming tonnaga yaqin yoki o`tgan yilga nisbatan 50 ming tonnadan ziyod boshoqli don topshirilgan.  

" – Bugungi kunda biz uchun davlatimiz tomonidan yaratib berilgan qulay shart-sharoit va imtiyozlar O`zbek dehqonlari nomini yanada yuksaklarga ko`tarish imkonini yaratmoqda.  

Viloyatimiz g`allakorlari tomonidan bugungacha davlatga 370 ming tonnaga yaqin yoki o`tgan yilga nisbatan 50 ming tonnadan ziyod boshoqli don topshirildi.  

Bundan tashqari, qariyib 500 ming tonnadan ortiq g`alla aholi va fermerlar ixtiyorida qolishi ham rizq-ro`zimizning mul-ko`lligidan dalolat.

Bu jarayonlarda Yakkabog`, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Chiroqchi, Qarshi, Kasbi va Koson tumanlari fermerlari yuqori natijalarini qayd etib, o`zlarining munosib hissalarini qo`shdilar", deyiladi murojaatda.

    Boshqa yangiliklar