AsosiyJamiyat

Nega konstitusiyaga o`zgartish kiritish bo`yicha umumxalq muhokamasi muddati uzaytirildi?

'Nega konstitusiyaga o`zgartish kiritish bo`yicha umumxalq muhokamasi muddati uzaytirildi?'ning rasmi

Deputat Alisher Qodirov o`zining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida shu xususida quyidagi fikrlarni bildirib o`tdi:

Fikrimcha, ko`pgina odamlar tom ma`noda Konstitusion islohotlarning mazmunini endi tushunib etdilar. Takliflarning ko`pligi o`z yo`liga, ularni qo`llab-quvvatlovchilar, yoki tanqid qilayotganlarning ovozlari aniq va asosli eshitila boshladi. Takliflar takomillashdi, e`tirozlar asoslantirilmoqda.

Aslida, aynan shu biz kutgan jarayon edi.

Qarashlarni madaniyat bilan tortishish, xayrixohlarni ko`paytirish uchun tashviqot-targ`ibot qilish, qarorlardan norozi bo`lish - fuqarolik jamiyatining asosiy belgilaridan biri. Lekin, qo`llab-quvvatlash yoki norozilikni ma`lum qilishning qonunda belgilangan, samarali va madaniyatli shakllari bor.

Bironta norma siz istagandek bo`lmasligi mumkin, demak sizdek o`ylaydiganlar etarli ko`p emas. Demokratiya siz tanlagan emas, ko`pchilik tanlagan qarorni qabul qilinishidir.

Masalan, ko`p vatandoshlar savol berayapdi: Konstitusiyaning 3-moddasida O`zbekiston hududi bo`linmasdir, deb yozilgan, unda nega Konstitusiyaning boshqa moddasi O`zbekiston hududini bo`lishga huquq beradi? Yoki, suveren davlatni ichida yana suveren davlat bo`lishi mumkinmi? Ko`pchilik bu huquqiy qarama-qarshilikni tuzatishni talab qilmoqda.

Demokratiya ko`pchilikning qarorini tan olishdir. Ko`pchilik qarorini tan olmaydigan buzg`unchi ozchiliklar nafaqat rivojlanishni to`xtatadi, balki mamlakatni o`yin maydoniga aylantirib yuborishi mumkin.

Barcha o`zbekistonliklarni muhokamalarda faol bo`lishga chaqiraman. Xalq nima desa shu bo`ladi! To`g`rirog`i, xalqning ko`p qismi nima desa shu bo`ladi.

Unutmang, Konstitusiya ham,  O`zbekiston ham yagona va biznikidir!

    Boshqa yangiliklar