AsosiyJinoyat

Toshkentda «Hizb ut-Tahrir» a`zolarining faoliyatiga chek qo`yildi

'Toshkentda «Hizb ut-Tahrir» a`zolarining faoliyatiga chek qo`yildi'ning rasmi

Huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida Sirg`ali va Olmazor tumanlarida istiqomat qilgan respublikamizda faoliyati taqiqlangan «Hizb ut-Tahrir» diniy-ekstremistik tashkiloti a`zolarining faoliyatiga chek qo`yildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, 1978 yilda tug`ilgan A.F., 1980 yilda tug`ilgan M.A. hamda 1983 yilda tug`ilgan A.G.(ayol) ushbu jinoiy guruhning a`zolari sifatida faoliyat yuritganligi aniq bo`lgan.

Guruhning faol a`zolari bo`lgan A.F. va M.A. Toshkent shahrida joylashgan “Avtomobil bozori”, “Jomiy bozori” va “Bekto`pi bozorlari”da bo`yoq tarqatish va sotish bilan shug`ullanib, biznes hamkorlari hamda yaqin qarindoshlariga Telegram ijtimoiy tarmog`ida tashkil qilgan bir nechta guruhlari orqali “Hizb ut-Tahrir” materiallarini tarqatib, ularni “tahrirchilar” safiga a`zo bo`lishga da`vat qilishgan.

Ushbu shaxslarning jinoiy harakatlari “Hizb ut-Tahrir”ning faol yollovchilari hisoblangan, ayni paytda xalqaro qidiruvda bo`lgan MahmudAbdulmo`min (1980 yilda Qirg`iziston Respublikasida tug`ilgan, XoldarovMaxmudjonAbdumalikovich) va Islom Abu Halil (1984 yilda Namangan viloyati Namangan shahrida tug`ilgan NurmatovIsmoilIbroximovich)lar tomonidan boshqarilgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar