AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda bir-birini kaltaklangan o`quvchi va direktor yarashib oldi

'Qashqadaryoda bir-birini kaltaklangan o`quvchi va direktor yarashib oldi'ning rasmi

Sal avval Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida maktab direktori va o`quvchi o`rtasida mushtlashuv sodir bo`lgani aytilgan videoxabar tarqalgandi.

Shundan so`ng IIB holatga munosabat bildirib, hodisa Nishon tuman 2-son kasb-hunar maktabida sodir bo`lganini bayon qilgandi.

Ayni vaqtda hokimlik vaziyat bo`yicha so`z yuritib, bir-birini kaltaklagan direktor va o`qituvchi yarashib olganini aytmoqda.

"Holat bo`yicha Nishon tumani hokimi o`rinbosari S.Xudoyqulov boshchiligida ishchi guruh tuzilib, bu voqeaning asl sababi keng jamoatchilik bilan birga o`rganildi",-demoqda hokimlik.

Ma`lumotda maktab direktori va o`qituvchi hozirda o`zaro kelishib olgani ikki shaxs o`rtasida hech qanday gina-kudratni saqlab qolinmagani va kelajakda do`stona ruhda birgalikda ishlashga qo`l tashlanilgani aytiladi.

    Boshqa yangiliklar