AsosiyJamiyat

O`zbekistonda anomal issiq sabab poezdlar harakat jadvaliga o`zgartirish kiritilmoqda

'O`zbekistonda anomal issiq sabab poezdlar harakat jadvaliga o`zgartirish kiritilmoqda'ning rasmi

Har bir yo`lovchini manziliga xavfsiz etkazib olib borilishini ta`minlash eng muhim vazifadir. Shu tufayli anomal issiq sharoitida yo`lovchi poezdlarning harakat jadvalida, ayniqsa jo`nash hamda manziliga etib borish vaqtlarida o`zgarish bo`layapti. “O‘ztemiryuo‘lyo‘lovchi” bu haqda xabar bermoqda.

Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati yo`lovchilardan bunday vaziyatni to`g`ri tushunishlarini istab, keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`ramoqda. 

Eslatib o`tamiz, qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar