AsosiyJamiyat

⚡️ Koronavirusning yangi turi O`zbekistonga kirib kelgan bo`lishi mumkin

'⚡️ Koronavirusning yangi turi O`zbekistonga kirib kelgan bo`lishi mumkin'ning rasmi

Sanitariya-epidemiologik xizmati boshlig`i o`rinbosari O`zbekistonda “kentavr” tarqalganini istisno qilmadi.

Xo`sh, u qanchalik xavfli? 

Nurmat Otabekovga ko`ra, bu ham omikronning bir turi. Uning qanday nomlanishi juda katta ahamiyatga ega emas, bularning bari koronavirus.

"Mutaxassislarning fikricha, "kentavr"ning yuqish tendensiyasi bir muncha yuqori. U bir vaqtning o`zida juda ko`pchilikni zararlantirishi mumkin. Hatto "omicron"ning boshka turi bilan og`rigan bemorlarga ham "kentavr" yuqishi mumkin. Kassalikni kechishi haqida gapiradigan bo`lsak, u hammada bir xil kuzatiladi",- deydi mutaxassis.

Bundan tashqari, Nurmat Otabekov mazkur yangi variantining O`zbekiston hududiga kirib kelgan bo`lishi mumkinligi haqidagi gap-so`zlarni inkor etmagan.

“O`zbekiston fuqarolari dunyoning istalgan nuqtasida bo`lishi mumkin. Shu nuqtayi nazardan virus ham yashirin vaqtda mamlakatga kirib kelgan bo`lishi mumkin. Koronavirus odamlarni kasallagandan beri hozirda uning salkam 17 mingta mutasiyaga uchragan variantlari paydo bo`lgan, hammasiga ham vaksina ishlab chiqarishga ehtiyoj yo`q. Mavjud vaksinalar, buster doza bilan emlanishning o`zi kifoya qiladi”, - deydi u.

Sanitariya-epidemiologik xizmati boshlig`i o`rinbosarining fikricha, emlangan fuqarolar kasallikning barcha turlarini, asosan, engil tarzda boshdan o`tkazishadi.

Dilbar Abdunabieva.

    Boshqa yangiliklar