Ijtimoiy tarmoqlarda Afg`onistondan yana hujum uyushtirilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Mudofaa vazirligining ma`lum qilishicha, mazkur mazmunda tarqatilayotgan xabarlar yolg`on bo`lib, mutlaqo haqiqatga to`g`ri kelmaydi.
"O`zbekiston-Afg`oniston davlat chegarasi O`zbekiston harbiylari tomonidan to`liq nazorat qilinmoqda, vaziyat barqaror",-deyiladi xabarda.
Fuqarolardan bu kabi yolg`on xabarlarga ishonmaslik va rasmiy manbalarga tayanish so`ralmoqda.






