AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`iston voqealarini o`rganish bo`yicha ishonch telefoni ishga tushirildi

'Qoraqalpog`iston voqealarini o`rganish bo`yicha ishonch telefoni ishga tushirildi'ning rasmi

2022 yilning 15 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi  Qoraqalpog`istonda iyul oyi boshida sodir bo`lgan voqealar yuzasidan mustaqil tekshiruv o`tkazish bo`yicha komissiya tuzgan edi.

Ombudsman Feruza Eshmatova rahbarligidagi komissiya 16 iyul kunidan Qoraqalpog`iston Respublikasida o`z faoliyatini boshladi. Ma`lum qilinishicha, komissiya tashabbusi bilan 1374 qisqa raqamli sall-markaz ishga tushirildi.

Endilikda fuqarolar sall-markazga Qoraqalpog`istondagi holat va sodir bo`lgan hodisalar yuzasidan o`z murojaatlarini yo`llashlari mumkin bo`ladi.

"Barcha murojaatlar Komissiya tomonidan o`rganib chiqiladi",-deyilmoqda xabarda.

    Boshqa yangiliklar