Bugun, 18 iyuldan Rossiyaning Moskva, Qozon va Sankt-Peterburg shaharlari bilan haftasiga ikki marta muntazam avtobus qatnovi tiklanmoqda.
Transport vazirligining ma`lum qilishicha, «Toshkent — Moskva» avtobus yo`nalishi dushanba va payshanba kunlari «Toshkent» avtovokzalidan soat 12:00 da jo`naydi. Chipta narxi — 1 mln so`mni tashkil qiladi.
Qozonga esa avtobus seshanba va juma kunlari Toshkent avtovokzalidan soat 11:00 da jo`naydi. Chiptalar narxi — 800 ming so`m.
Chorshanba va shanba kunlari avtobus Toshkent avtovokzalidan soat 16:00 da Toshkent-Sankt-Peterburg reysiga jo`naydi. Chiptalar narxi — 1,25 mln so`m.






