Turizm va madaniy meros vazirligi Milliy PR markazi bilan hamkorlikda joriy yilning 30 noyabr – 2 dekabr kunlari 27-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini o`tkazadi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar bermoqda.
Yarmarka dasturi doirasida har yili konferensiyalar, B2B uchrashuvlari, davra suhbatlari, turizm xizmatlari va hunarmandchilik ko`rgazmalari, O`zbekiston hududlari turizm salohiyati taqdimotlari, gastronomik va boshqa ko`plab tadbirlar o`tkaziladi.
Xususan, 2019 yilda o`tkazilgan Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida 15 mingdan ortiq muzokaralar o`tkazilib, 9 mingdan ortiq hamkorlik shartnomasi imzolandi. Bu yarmarka tarixidagi eng yirik tadbirdir.
Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi – “Ipak yo`lidagi turizm” (TITF) O`zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi turizm sanoatidagi eng yorqin va yirik tadbirdir.
Yarmarka 1995 yildan beri BMT Jahon turizm tashkilotining rasmiy ko`magida o`tkazib kelinmoqda. Har yili ko`rgazmaga butun dunyodan turizm biznesi mutaxassislari tashrif buyuradi.






