AsosiyJamiyat

Koreyaga ishga ketish uchun tibbiy ko`rikka 17 mln so`m to`lov amalga oshirilishi rostmi?

'Koreyaga ishga ketish uchun tibbiy ko`rikka 17 mln so`m to`lov amalga oshirilishi rostmi?'ning rasmi

Telegram kanallarning birida fuqarolardan Koreya Respublikasiga ishga ketish uchun tibbiy ko`rikka 17 mln so`m to`lov amalga oshirilishi to`g`risida e`lon qilingan murojaat yuzasidan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi quyidagilarni ma`lum qildi:

"Avvalo, ta`kidlash joiz, ushbu tarqalgan xabar haqiqatga to`g`ri kelmaydi.

Birinchidan, Koreya Respublikasiga ishga ketish bilan bog`liq barcha to`lovlar Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xodimlariga emas, bank maxsus kassalarida amalga oshiriladi.

Ikkinchidan, xabarda aks etgan va boshqa ko`rinishlardagi to`lov blanklari Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xodimlari tomonidan fuqarolarga berilmaydi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi o`z o`rnida Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar o`rtasida bo`lib o`tadigan 2 bosqichli imtihonlarni tashkil etish, jo`nab ketishdan oldin tayyorlash, ko`niktirish tadbirlari, maxsus kiyim va tarqatma materiallar bilan ta`minlash, ketish hujjatlarini rasmiylashitirish, tashkiliy tarzda kuzatish va ushbu davlatda kutib olish jarayonlarini amalga oshiradi.

Koreya Respublikasiga ishga ketish bilan bog`liq muammo yoki savollar yuzaga kelganda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga murojaat qilishingiz mumkin" deyiladi munosabatda.

    Boshqa yangiliklar