AsosiyJamiyat

Xitoyda o`tkazilgan Xalqaro kimyo olimpiadasida o`zbekistonlik o`quvchilar 4 ta kumush medalni qo`lga kiritdi

'Xitoyda o`tkazilgan Xalqaro kimyo olimpiadasida o`zbekistonlik o`quvchilar 4 ta kumush medalni qo`lga kiritdi'ning rasmi

Xitoy davlatida masofaviy tarzda o`tkazilgan 54-Xalqaro kimyo olimpiadasi o`z nihoyasiga etdi. Dunyoning 80 ta davlatidan 320  nafar o`quvchi ishtirok etgan mazkur nufuzli olimpiadada o`zbekistonlik o`quvchilar 4 ta kumush medalni qo`lga kiritdi.  Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi xabar berdi.

Xalqaro olimpiadaning yopilish marosimi masofaviy tarzda Youtube platformasida bo`lib o`tdi.  

G`oliblar bilan tanishing:  

  • Maftuna Badalova  - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o`quvchisi;

 

  • Azimjon Jamolov - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o`quvchisi;

 

  • Ikromiddin Boymahammadov  - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o`quvchisi;

 

  • Sherzod Shaymatov  - Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 11-AFChO`IMning 11-sinf o`quvchisi.

 

Kumush medalni qo`lga kiritgan g`olib o`quvchilarga 90 mln. so`m, o`qituvchilariga – 75 mln. so`mdan pul mukofotlari topshiriladi.

Medal sohiblari oliy ta`lim muassasasiga test sinovlarisiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.

    Boshqa yangiliklar