AsosiyJamiyat

Iyun oyida O`zbekistonga keluvchi sayyohlarning oqimi 3 barobarga ko`paygan

'Iyun oyida O`zbekistonga keluvchi sayyohlarning oqimi 3 barobarga ko`paygan'ning rasmi

O`zbekistonga 2022 yilning iyun oyida chet eldan 493 ming 888 nafar turist tashrif buyurgan. Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 307 146 nafarga yoki deyarli 3 barobarga ko`pdir, deya xabar bermoqda Turizm va madaniy meros vazirligi.

Iyun oyida qo`shni davlatlaridan jami 414 763 nafar turistlar tashrifi kuzatilgan. Xususan, Qozog`istondan 178 118 nafar, Qirg`izistondan 123 290 nafar, Tojikistondan esa 113 216 nafar turist kelgan.

Shuningdek, MDH davlatlaridan jami 56 547 nafar turist yurtimizda bo`lgan. Xususan, Rossiyadan 53 421 nafar, Ozarbayjondan 1227 nafar turist O`zbekistonga qiziqish bildirgan.  

Uzoq xorij davlatlaridan iyun oyida 22 578 nafar turist mehmon bo`lgan. Jumladan, ularning 1504 nafari AQSh, 1495 nafari Germaniya, 1477 nafari Hindiston, 1685 nafari Janubiy Koreya, 7308 nafari esa Turkiyadan kelgan turistlardir.

    Boshqa yangiliklar