Shavkat Mirziyoev tegishli tashkilotlarga bir hafta muddatda ishchi guruhlarini shakllantirib, ishlarni boshlashni topshirdi. Bu haqda davlat rahbari raisligida o`tkazilayotgan yig`ilishdan Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Ishchi guruhlari:
● 1 oktyabrga qadar mahallabay kadastr hujjati bo`lmagan xonadonlarning elektron ro`yxatini shakllantiradi;
● uy-joyga bo`lgan huquqlarni e`tirof etishga asos bo`luvchi hujjatlarni to`playdi va elektron bazaga kiritadi.
Mutasaddilarga respublikaning barcha hududlarida kadastri yo`q xonadonlar masalasini uzil-kesil hal qilish uchun alohida qonun loyihasini ishlab chiqib, muhokamaga kiritish vazifasi qo`yildi.
Yangi qonun qabul qilinguniga qadar bu uy-joy egalariga uch karra oshirilgan soliq qo`llash to`xtatib turishga qaror qilindi.






