AsosiyJamiyat

So`nggi 6 oyda 119 nafar qidiruvdagi shaxs va 388 ta qidiruvdagi transport vositalari topildi - MIB

'So`nggi 6 oyda 119 nafar qidiruvdagi shaxs va 388 ta qidiruvdagi transport vositalari topildi - MIB'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijrosi byurosi organlari tomonidan ijro hujjatlari ijrosini ta`minlashdan qasddan bo`yin tovlab kelayotgan qarzdor jismoniy shaxslarni topish va ularning mol-mulklarini aniqlash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura Axborot xizmati.

Xususan, joriy yilning 6 oyi davomida Byuroning Buxoro viloyati boshqarmasi qidiruv sho``basi tomonidan o`tkazilgan qidiruv tadbirlari natijasida qidiruvdagi 396 nafar shaxslarning 119 nafari va qidiruvdagi 589 ta transport vositalarning 388 tasi topilib, qidiruv harakatlari tugatilgan.

Misol tariqasida, G`ijduvon tumanlararo iqtisodiy sudining 16.03.2021 yildagi ajrimiga asosan, qarzdor korxonadan undiruvchi ATB “Agrobank” Buxoro viloyati filiali foydasiga jami 431,9 mln. so`m kredit qarzdorligini undirish, undiruvni korxonaga tegishli “Malibu”, “Cobalt” va “Lacetti” rusumli avtotransport vositalariga hamda “Krone SD” rusumli tirkamaga qaratishga doir ijro hujjati bo`yicha avtotransport vositalariga nisbatan qidiruv e`lon qilingan.  

Qidiruv ishlari natijasida,  “Malibu”, “Cobalt” va “Lacetti” rusumli avtotransport vositalari Buxoro viloyatida, “Krone SD” rusumli tirkama esa Toshkent shahrida aniqlanib, avtotransport vositalari tegishli tartibda jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar