Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmatining bergan xabariga ko`ra, Qarshi shahrining sobiq hokimi Yuldash Karaev vafot etdi.
Xabarda Qarshi shahrining sobiq hokimi Karaev Yuldash Umarovichning vafoti munosabati bilan uning oila a`zolari va qarindoshlariga Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov, tuman, shahar hokimliklari va viloyat tashkilotlari rahbarlari hamda keng jamoatchilik chuqur ta`ziya bildirgani aytib o`tilgan.
1952 yil tug`ilgan Yuldash Karaev 1998-2001 yillar Qarshi shahar hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o`tamiz, sal avval Qashqadaryo viloyatining birinchi hokimi vafot etgani haqida xabar bergan edik.






