Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmatining ma`lum qilishicha, Farg`onada agentlik direktorining birinchi o`rinbosari Otabek Hasanov viloyat “Kelajak liderlari” klubi a`zolari hamda yosh davlat xizmatchilari bilan muloqot qildi.
Xabarda qayd etilishicha, uchrashuv avvalida yosh davlat xizmatchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma`lumot berilgan. Xabarda davlat boshqaruvi, xalqchil davlat xizmati, davlat xizmatchisi tushunchalari mohiyati hayotiy misollar yordamida ochib berilgani aytilmoqda.
— Davlat xizmatchisi uchun sadoqatli bo`lish, fidoyilik bilan xizmat qilish, o`zini rivojlantirib borish — muhim. Odamlar hayotini yaxshilash, mamlakatni yuksaltirishda yoshlar bugun etakchi bo`lishi lozim, — dedi O.Hasanov.
Uchrashuv davomida yosh davlat xizmatchilari o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Sohadagi ba`zi muammolar o`rtaga tashlanib, echimlari yuzasidan taklif-mulohazalar bildirildi.






