AsosiyJamiyat

Bugun ham issiq va quruq ob-havo saqlanib turadi- "O`zgidromet"

'Bugun ham issiq va quruq ob-havo saqlanib turadi- "O`zgidromet"'ning rasmi

Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Ba`zi joylarda shamol chang-to`zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Farg`ona viloyatining tog` oldi va tog`li hududlarida glyasial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Harorat 38-43° atrofida, janubda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda 44-45° gacha saqlanib turadi.

Poytaxtimizda havo quyoshli bo`ladi. Kuning ikkinchi yarmida shamol chang-to`zonlar bilan 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Maksimal harorati 39-41° ga etadi.

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlari kuzatilishi mumkin. Havo harorati 29-34° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar