AsosiyJinoyat

Andijonda bolalarni urib, diniy ta`lim berayotgan fuqaro aniqlandi

'Andijonda bolalarni urib, diniy ta`lim berayotgan fuqaro aniqlandi'ning rasmi

Buloqboshi tumanida noqonuniy diniy ta`lim berish bilan shug`ullanib kelgan fuqaro qo`lga olindi, deya xabar bermoqda Andijon viloyati IIB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda boshqa xuquqni muxofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor tadbir o`tkazilgan. Tadbir davomida Buloqboshi tumani fuqarosi A. I o`z yashash xonadonida diniy bilimga va tegishli ruxsatnomaga ega bo`lmagan holda  500.000 so`m pul mablag`lari evaziga 2020 yildan buyon “Qur`oni Karim” va “Muallimi Soniy” kitoblaridan jami 27 nafar O`zbekiston va Qirg`iziston Respublikasida yashovchi voyaga etmagan bolalarga diniy ta`limdan saboq berib kelayotganligi aniqlangan.

Shuningdek, u diniy ta`limdan saboq berish jarayonida voyaga etmagan bolalarni urib, tan jarohati ham etkazgan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda tergovga qadar surishtiruv tadbirlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar