AsosiyJamiyat

O`zbekistonda uran qazib chiqarish hajmini ikki baravarga oshirish rejalashtirilmoqda

'O`zbekistonda uran qazib chiqarish hajmini ikki baravarga oshirish rejalashtirilmoqda'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev “2022-2030 yillarda uran qazib olish, qayta ishlash hajmini oshirish va Navoiyuran davlat korxonasini transformasiya qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorni imzoladi.

Unga ko`ra, O`zbekiston 2022—2030-yillarda uran qazib chiqarishni 2 barobarga – yiliga 7,1 ming tonnagacha oshirishni rejalashtirmoqda.

Hujjatda, shuningdek, 2022-2030 yillarda geologiya-qidiruv ishlarini faollashtirish hisobiga uran zaxiralarining o`sish sur`ati ko`rsatkichlari — 4,7 ming tonnadan 10,5 ming tonnagacha tasdiqlandi.

Yiliga 7,1 ming tonna uran qazib chiqarish ko`rsatkichiga erishsa, O`zbekiston uran qazib chiqaruvchi davlatlar orasida Qozog`istondan keyin ikkinchi o`ringa chiqib olishi mumkin.

MAGATE ma`lumotlariga asosan, hozirda O`zbekiston uran zaxiralari bo`yicha dunyoda ettinchi, qazib olish bo`yicha esa beshinchi o`rinda turadi.

    Boshqa yangiliklar