2022/2023 o`quv yilidan respublikadagi barcha oliy, o`rta maxsus va professional ta`lim tashkilotlarida xotin-qizlarning to`lov-kontrakt asosida o`qishi uchun imtiyozli shartlarda ta`lim kreditlari ajratiladi. Bu haqda prezident qarorida aytilgan.
Kunduzgi, sirtqi va kechki ta`lim shakli uchun xotin-qizlarga:
- tijorat banklari ta`lim kreditlarini 14 foiz stavkada ajratadi;
- kreditning asosiy qismi talabaning rasmiy o`qish muddati tugagandan so`ng ettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi;
- ta`lim krediti bo`yicha foiz stavkalarini so`ndirish Moliya vazirligi huzuridagi Ta`lim kreditini moliyalashtirish jamg`armasi mablag`lari hisobidan, ularni tijorat banklariga to`lash orqali amalga oshiriladi;
- ta`lim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo`lgan oila a`zolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi;
- “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta`lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.






