Gurlan tumanida chet el valyutasini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi xabar bermoqda.
Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Gurlan tumani hududida valyuta qimmatliklarini muomalaga kiritish bilan shug`ullanib kelayotgan fuqaro R.M. boshqa bir fuqaro N.ga 20 000 AQSh dollarini 221 mln so`mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir yakunida jami 25 200 AQSh dollari, 122 000 Qozoq tengesi, 123 300 Rossiya rubli va 259 mln so`m ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






