AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi tuman markaziy shifoxonasida pichoqbozlik ro`y berdi (video)

'Qashqadaryodagi tuman markaziy shifoxonasida pichoqbozlik ro`y berdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumanida fuqarolar o`rtasida sodir bo`lgan mushtlashuv aks etgan videotasvirlar tarqaldi.

Qashqadaryo viloyat IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, joriy yilning 18 iyul kuni soat taxminan 12.00larda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, “Samarqand” mahallasi hududida, mahalliy aholi o`rtasida shaxsiy adovat tufayli janjal yuzaga kelgan.  Ulardan fuqarolar T.O. va P.I.lar tan jarohatlari bilan Kitob tumani markaziy shifoxonasiga murojaat qilganlar.

Shu kuni, soat taxminan 15.30larda shifoxona hovlisida to`plangan, jabrlangan fuqarolarning qarindoshlari o`rtasida mushtlashuv kelib chiqqan.

Aniqlanishicha, o`zaro janjal jarayonida fuqaro P.B. avtomashinasida bo`lgan pichoq bilan fuqarolar Q.I. va O.A.ga tan jarohati etkazgan.  

Hozirda mazkur holat yuzasida Kitob tuman IIB tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, fuqarolar P.B., P.A., P.B., A.A., aka va uka R.F. va R.F. hamda R.B.lar O`zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasiga asosan prosessual tartibda ushlangan.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar