AsosiyJamiyat

Germaniyada ishlamoqchi bo`lgan tibbiyot xodimlari muhim ma`lumot e`lon qilindi

'Germaniyada ishlamoqchi bo`lgan tibbiyot xodimlari muhim ma`lumot e`lon qilindi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Shveysariyaning “GLOBOGATE Concept AG.” tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlari Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga taklif etiladi.

Nomzodlar uchun talablar:

  • umumiy hamshiralik uchun – shifoxonaning turli bo`limlarida kamida 2 yillik tajriba (faqat bemorlarni parvarishlagan);
  •  39 yoshgacha;
  •  sudlanmagan;
  •  jismonan sog`lom;
  •  tibbiyot kolleji/texnikumini (faqat 3 yillik diplom yoki OMX) tamomlagan;
  •  bemorlarga g`amxo`rlik qilish qobiliyati;
  •  Toshkent shahrida tashkil etiladigan 10 oylik nemis tili kursida o`qish va kurs davomida mehnat faoliyati bilan shug`ullanmaslik;
  • Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli o`tish.

 

stomatolog, o`qituvchilik va dorishunoslik sohasida shug`ullangan nomzodlar qabul qilinmaydi.

 

Nomzodlarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:

  •  Toshkent shahrida bepul turar joy;
  •  o`quv xonasi;
  •  stipendiya.

Shuningdek, quyidagi xarajatlar qoplab beriladi va xizmatlar kafolatlanadi:

  •  nemis tili o`qituvchisi va o`quv materiallari;
  • til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;
  •  hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;
  • o`quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
  •  Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;
  •  mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2 100 evrodan, nafaqa, sug`urta, ta`til) va butun jarayon davomida doimiy qo`llab-quvvatlash.

 Murojaat uchun: 71-202-33-55 (ichki raqamlar 40, 88) yoki 1282 qisqa raqami.

    Boshqa yangiliklar