18 iyul kuni ushbu post orqali harakatlangan qo`shni davlat fuqarolarining 2 nafari 8500 AQSh dollaridan jami 17 000 AQSh dollarini, 1 nafari 9500 AQSh dollarini va yana 1 nafari 40 000 AQSh dollarini olib chiqishga uringan vaqtida to`xtatib qolindi.
Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi ma`lumot bermoqda.
Qayd etilishicha, barcha holatlarda ushbu shaxslar o`zlariga tegishli bo`lmagan naqd xorijiy valyutalarni ma`lum bir haq evaziga o`tkazib bermoqchi bo`lishgan.
"Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.






