AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 24 foiz ota-onalar farzandining telefonini tekshirmasligi ma`lum bo`ldi

'O`zbekistonda 24 foiz ota-onalar farzandining telefonini tekshirmasligi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Toshkent shahridagi Abdulla Avloniy nomli milliy-tadqiqot instituti 95 400 dan ortiq ota-onalar orasida farzandining telefondan foydalanish to`g`risida so`rovnoma o`tkazdi. Tadqiqot 10 kun davom etgan bo`lib, unda 21 400 kishi ovoz berdi.

Qayd etilishicha, 52 foiz ota-ona farzandining dars paytida telefondan foydalanishi uni chalg`itadi deb hisoblaydi. 16 foiz qatnashchi esa gadjetdan to`g`ri foydalanilsa, xalaqit bermasligini aytgan. 32 foiz ishtirokchi bolasi o`quv maqsadlarida telefondan foydalanishini qo`llab-quvvatlagan.

Shu bilan birga, 59 foiz qatnashuvchilar farzandining telefonini har kun tekshiradi, 17 foiz har haftada, 24 foiz esa umuman tekshirmaydi. Bundan tashqari, aksariyat ota-onalar — 84 foiz farzandining telefoni darsdan avval olib qo`yilib, dars tugagach qaytarib berilishiga rozi. 13 foiz ishtirokchi bunga qarshi, 3 foizi esa betaraf.

    Boshqa yangiliklar