17-20 iyul kunlari Sog`liqni saqlash vazirligining tez yordam xizmatiga aholidan qariyib 130 ming murojaat kelib tushgan, murojaatning 18 % ini qon bosimi ko`tarilishi, nafas etishmovchiligi, astma xurujlari va boshqa surunkali kasalliklari bo`lgan bemorlar tashkil etgan.
O`zgidrometning 21-24 iyul kunlari uchun ishlab chiqarilgan ob-havo prognozlariga ko`ra, ertadan boshlab shanba kuniga qadar respublikaning 5 ta viloyati va Qoraqalpog`iston respublikasida harorat maksimumlari +47 darajagacha yuqorilaydi. Yuqori issiqlik harorat to`lqini kechalari ham dim va issiq havoni taqdim etadi.
Sog`liqni saqlash vazirligi mazkur kunlari zarurat bo`lmasa, aholidan jazirama payti tashqariga chiqmaslikni, tez-tez suyuqlik ichish, imkon qadar yog`li, dudlangan taomlar tanovul qilmaslik, aksincha, ko`proq meva va sabzavotlar iste`mol qilishni yana bir bor tavsiya qilmoqda.






