AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonlik deputatlar Prezidentga murojaat yo`lladi

'Qoraqalpog`istonlik deputatlar Prezidentga murojaat yo`lladi'ning rasmi

Bu haqda ayni paytda «Yangi O`zbekiston» gazetasining Nukus shahrida bo`lib turgan maxsus muxbiri xabar qildi.

Sessiyada Qoraqalpog`iston Respublikasi hududida 2 iyuldan joriy etilgan favqulodda holatni bekor qilish va ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda gumonlangan aybsiz fuqarolarni, xususan, yoshlarni afv etish yuzasidan deputatlarning O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaatini tasdiqlash masalasi ko`rib chiqildi.

Sessiyada deputatlar, mahalla faollari, tuman hokimlari so`zga chiqib, bo`lib o`tgan ko`ngilsiz voqealarga o`z munosabatini bildirdi va Qoraqalpog`iston xalqining bugungi kayfiyati xususida fikr bildirdi.

    Boshqa yangiliklar