AsosiyJamiyat

⚡️ O`zbekiston chegara-bojxona postlarida sanitariya targ`ibot ishlari kuchaytirildi

'⚡️ O`zbekiston chegara-bojxona postlarida sanitariya targ`ibot ishlari kuchaytirildi'ning rasmi

Sal avval  JSST yana bir epidemiologik xatarni ma`lum qilgandi. Xususan, g`arbiy Afrikaning Gana mamlakatida Marburg virusi bilan kasallangan ikki nafar bemor aniqlanib, ularning har ikkisi ushbu xastalik oqibatida vafot etgandi.

Ayni damda O`zbekiston Sanitariya-epidemiologiya xizmatining xabar berishicha, mamlakatda tabiiy o`choqlar yo`qligi sababli kasallik mahalliy holatda qayd etilmaydi.

"Ammo uning xorij davlatlari orqali kirib kelish xavfi yo`q emas",-deyilmoqda.

Ta`kidlanishicha, kasalliklarni chetdan kirib kelishini oldini olish maqsadida respublika hududiga tashrif buyurgan shaxslar Sanitariya-karantin punktlarida zamonaviy teplovizorlar va kontaktsiz termometr (pirometr)lar yordamida termometriyadan o`tkazilmoqda.

"Barcha tibbiyot xodimlarini karantin va o`ta xavfli yuqumli kasalliklar bo`yicha maxsus dastur asosida o`qitildi. Shuningdek, gemorragik isitma kasalliklariga gumon qilingan har bemor yuzasidan chuqur epidemiologik surishtiruv ishlari o`tkazilmoqda. Sanitariya-epidemiologiya xizmatining maxsus laboratoriyalari hamda kasallikka chalingan (gumon qilingan) bemorlarni o`z vaqtida yotqizish, davolash maqsadida yuqumli kasalliklar shifoxonalari shay holatga keltirilgan bo`lib mutaxassislar muntazam qayta tayyorgarlikdan o`tkazilib kelinmoqda. Gemorragik isitma kasalligiga chalingan bemorlarini davolash ishlarini tashkil etish uchun zarur dori vositalari zaxirasi yaratilgan",-demoqda Sanepidxizmat.

Eslatib o`tamiz, davlat chegara-bojxona postlaridagi sanitariya-karantin punktlari tomonidan kasallanish tarqalgan qo`shni dalvatlardan tashrif buyuradigan fuqarolarning tibbiy nazorati va karantin va o`ta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo`yicha aholi o`rtasida sanitariya – targ`ibot ishlarini kuchaytirildi.

    Boshqa yangiliklar