FVV Nazorat va profilaktika boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Mavlonbek Doschanov bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning o`tgan 6 oyi davomida respublikada yuz bergan yong`inlar soni 4 ming 465 tani tashkil etib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 525 ta (11 foiz)ga, yong`inlarda insonlarning halok bo`lish holatlari 52 tani tashkil etib, 9 ta (15 foiz)ga, insonlarning tan jarohati olish holatlari 101 tani tashkil etib, 36 ta (26 foiz)ga kamaygan.
Sodir bo`lgan yong`inlar:
▪️ ishlab chiqarish korxonalarida 19 foizga,
▪️ ishlab chiqarish sexlarida 11 % ga,
▪️ qishloq xo`jaligi imoratlarida 29 % ga,
▪️ materiallarni ochiq joyda saqlash joylarida 11 % ga,
▪️ madaniy-tomosha muassasalarida 40 % ga,
▪️ ma`muriy-jamoat muassasalarida 15 % ga,
▪️ aholi yashash joylarida 13 % ga,
▪️ qurilayotgan imoratlar va foydalanilmayotgan imoratlarda 29 % ga,
▪️ boshqa ob`ektlarda 24 foizga,
▪️ shuningdek, pechlarni qurish va ishlatish qoidalarining buzilishi sababli yuz bergan yong`inlar 22 foizga,
▪️ ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish oqibatida 28 %ga,
▪️ bolalar sho`xligi oqibatida 7 %ga,
▪️ transport vositalaridan foydalanish va tuzilish qoidalarining buzilishidan 8 %ga,
▪️ texnologik hodisalar oqibatidagi yong`inlar 3 foizga kamayishiga erishilgan.
Biroq, kunlarning keskin isib ketishi evaziga, fuqarolar tomonidan xavfsizlik talablariga rioya qilinmasligi oqibatida yong`inlar soni ortgani aytilmoqda.
Dilbar Abdunabieva.






