Ushbu davrda sodir bo`lgan yong`inlar 579 tani tashkil etib, 95 tasi qurigan o`simliklarni yonishi, 397 tasi aholi turar joylari va 87 tasi boshqa ob`ektlarga to`g`ri kelmoqda.
Bunday jazirama paytlarda fuqarolar tomonidan havoni salqinlantiruvchi turli elektr qurilmalardan, ayniqsa, kondisionerlardan foydalanish darajasi ortishi tabiiy. Biroq, kondisionerdan uzoq muddat qarovsiz foydalanish, elektr ta`minoti qoidalariga rioya etmaslik, bitta elektr iste`molchi uchun mo`ljallangan elektr toki manbalariga katta quvvatga ega bir-nechta iste`molchilarning ulanishi, elektr kabellarning qizishi va oqibatida yong`in chiqishiga sabab bo`lmoqda.
Shu nuqtai nazardan har bir maishiy texnikaning sozligi, uning xizmat ko`rsatish muddati va uzoq vaqt davomida nazoratsiz qoldirilmasligi muhim ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, kunlarning keskin isib ketishi munosabati bilan, korxona va tashkilot rahbarlari hamda fuqarolar o`z hududlarini qurigan o`simliklardan tozalashlari, ularni yoqmasliklari lozim.
Yonuvchan gaz, neft, neft mahsulotlari va shu kabi portlab-yonish xavfliligi jihatidan xavfli bo`lgan moddalar va materiallarni qayta ishlash, saqlash va realizasiya qilishga mo`ljallangan ob`ekt rahbarlari tomonidan:
● er ustida joylashgan sig`imlarning sirtini quyosh nurini qaytaruvchi bo`yoqlar bilan bo`yalganligi,
● nafas olish klapanlarining sozligi,
● portlashdan xavfli er ustidagi jihozlarga tutash maydonlarning qurigan o`simliklardan tozalanganligi,
● korxonalar hududida chekish va ochiq olovdan foydalanishni taqiqlash bo`yicha qat`iy rejim o`rnatilganligi,
● etarli miqdorda birlamchi yong`in o`chirish vositalari bilan ta`minlanganligi,
● yong`inga qarshi suv ta`minotining hamda yong`in o`chirish texnikalarining doimo soz holatda bo`lishining ta`minlanganligiga alohida e`tibor qaratish lozim.
Yodda tuting, yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya etish orqali, Siz o`zingizni hamda yaqinlaringizni hayoti va sog`lig`ini hamda mol-mulki va artof-muhitni yong`in xavfidan himoya qilgan bo`lasiz.






