Ayni vaqtda havo haroratining keskin ko`tarilishi sabab "Er usti halqa yo`li" va "Sergeli" yo`lining temiryo`llari va ularning po`lat qismlarining harorati juda yuqori bo`lib, +65 darajaga etdi. Bu haqda "Toshkent Metropoliteni" ma`lum qildi.
Ta`kidlanshicha, Poezdlar harakati va yo`lovchilar xafsizligini ta`minlash maqsadida belgilangan qoidalarga ko`ra, er ustida harakatlanuvchi metro poezdlar harakat tezligi 25 km/soatgacha tushirilgan.
Poezdlar harakat jadvalini me`yorda saqlash maqsadida "Chilonzor" yo`nalishining er osti yo`li qismida ("Olmazor"-"Buyuk ipak yo`li") poezdlar tezligi 40 km/soatga tushirilgan.






