Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda qarovsiz qolgan itlarga vahshiylik bilan munosabatda bo`linganligi haqida xabarlar tarqaldi.
Mazkur masala yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan olib borilgan o`rganishda “Tinchlik” mahallasi raisi A.E ning murojaati asosida bolalarni qo`rqitib, qarovsiz yurgan it joriy yilning 19 iyul kuni shahar obodonlashtirish boshqarmasining “Yovvoyi hayvonlarni tutish brigadasi” xodimi E.I tomonidan otilgani aniqlangan.
Bu jarayonda mas`ul xodim sanitariya-gigiena qoidalari, shuningdek o`qotar quroldan belgilangan tartibni buzgan holda otishda ifodalangan huquqbuzarlik sodir etganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 185-moddasida ko`rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi sababli E.I ga nisbatan qonuniy chora ko`rildi.






