AsosiyJamiyat

“Qanot Sharq” aviakompaniyasi Samarqand – Sankt-Peterburg yo`nalishi bo`yicha parvozni yo`lga qo`ydi

'“Qanot Sharq” aviakompaniyasi Samarqand – Sankt-Peterburg yo`nalishi bo`yicha parvozni yo`lga qo`ydi'ning rasmi

O`zbekistonning “Qanot Sharq” aviakompaniyasi 21 iyuldan Sankt-Peterburg – Samarqand yo`nalishi bo`yicha to`g`ridan-to`g`ri muntazam qatnovni yo`lga qo`yadi.

Bu haqda “Interfaks” Shimoliy poytaxtning  Pulkovo aeroporti matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, parvozlar har hafta payshanba kunlari 174 nafar yo`lovchini sig`dira oladigan A320 samolyotlarida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Pulkovodan Samarqand va Buxoroga parvozlar ham “O`zbekiston havo yo`llari” tomonidan amalga oshiriladi.

“Qanot Sharq” O`zbekistondagi birinchi xususiy aviakompaniyadir. Kompaniya ilgari yuk tashish bilan shug`ullangan bo`lsa, 2021 yildan boshlab yo`lovchi tashish kompaniyasi sifatida ishlay boshladi.

    Boshqa yangiliklar