Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasiga 18 nafar O`zbekiston fuqarosi haq-huquqlari buzilayotganidan shikoyat qilib, murojaat qilgan.
Ma`lum bo`lishicha, Tula shahridagi ish beruvchi va ishchilar o`rtasida "vositachilik" bilan shug`illangan fuqaro qurilish ob`ektida yurtdoshlarimizni ishlatib, ish haqini bermagan.
Agentlikning Tula shahridagi vakili tomonidan mazkur holat o`rganilib, yurtdoshlarimizning 923 ming 764 rubl miqdoridagi puli "vositachi"dan undirib berildi.






