AsosiyJamiyat

Qamchiq dovonida ayanchli YTH: yuk mashinasi va "Damas" yonib ketdi, qurbonlar bor

'Qamchiq dovonida ayanchli YTH: yuk mashinasi va "Damas" yonib ketdi, qurbonlar bor'ning rasmi

Kamchiq dovonida ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB matbuot  xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, 21 iyul soat 00:05 larda A 373 Toshkent-O`sh avtomobil yo`lining 222 kilometrida vodiy-Toshkent yo`nalishida harakatlanib borayotgan davlat raqami 40 Q 486 XA, tirkama raqami 40 AA 7422 bo`lgan MAN rusumli yoqilg`i tashuvchi yuk avtomashinasi, qarama-qarshi yo`nalishga o`tib ketib,  davlat raqami 40 Q 943 WA bo`lgan "Damas" avtomashinasiga borib urilgan. 

Oqibatda hodisa joyida yong`in yuzaga kelib, transport vositalari yonib zararlangan. Yong`in sodir bo`lgan hududda "Nexia" avtomashinasiga ham texnik shikast etgan. Afsuski yong`in oqibatida vafot etganlar bor. Hodisa joyida yong`in asoratlari va tirbandlikni bartaraf etish bo`yicha ishlar olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar