21 iyul kuni kunduzi Toshkent shahrining qator hududlarida elektr o`chib qoldi. Energetika vazirligi bu uzilishlar sababini anomal issiq bilan izohladi va ayrim hududlardagi elektr ta`minotida yuzaga kelayotgan nosozliklar maxsus brigadalar tomonidan zudlik bilan bartaraf etilishi ta`minlanayotganini ma`lum qildi.
Shu kunlarda respublikamizning barcha hududlarida havo haroratining anomal isib ketishi natijasida ayrim joylardagi transformator punktlari hamda kabel tarmoqlarida iste`mol yuklamasi ortishi kuzatilib nosozliklar kelib chiqmoqda.
Ushbu elektr tarmoqlaridagi favqulodda holatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida hududlar bo`ylab tun-u kun ishlaydigan 227 ta avariyaga qarshi maxsus brigadalar tashkil etilgan bo`lib, yuzaga kelgan nosozliklar zudlik bilan bartaraf etib borilmoqda.
"Ana shunday anomal issiq natijasida yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raymiz" deyiladi murojaatda.






